Agar yuqorida tavsiflangan ikkala tekshiruv natijalari va ushbu vizual qo′llanma ushbu ehtiyojni ko′rsatsa, yog′ni almashtirish amalga oshirilishi kerak.
1. Yakuniy mahsulot juda oqish rangda, yoqimsiz ko′rinadi va ehtimol tayyor qovurilgan emas.
2. Yakuniy mahsulot oqish rangda. Ehtimol, u qovurilgan, biroq ishtahani ochadigan ko′rinmaydi.
3. Yakuniy mahsulot - oltin-jigarrang va ishtahani ochadigan, (taom) tortish uchun juda mos keladi.
4. Yakuniy mahsulot kutilganidan qoramtirroq ko′rinadi. U boshqa qovurilgan mahsulotlarning ta′mini to′plashi mumkin. Yog′ni tekshirish va zarurat bo′lganda almashtirish kerak.
5. Yakuniy mahsulot juda qoramtir va ishtahani ochadigan ko′rinmaydi. O′zga muattar hidlarning singdirilishi sodir bo′ladi. Yog′ almashtirishni amalga oshirish kerak.