Frityurni yangi yog′ bilan to′ldirilishidan oldin uni maxsus sanoat tozalash vositasi bilan qaynatish kerak. 
 

 

1. Ishlatilib bo′lingan yog′ni frityurdan u hali issiq bo′lganda quyib oling va to′g′ri 1. Ishlatilib bo′lingan yog′ni frityurdan u hali issiq bo′lganda quyib oling va to′g′ri utilizatsiya qiling Mahsulot barcha zarrachalari yuvilmaguncha frityurni issiq suv bilan yuvib tashlang.

2. Frityurni, savatlarni, kurakchalarni va boshqalarni ishlab chiqaruvchining foydalanish bo′yicha ko′rsatmalariga binoan frityurlarni tozalash uchun mo′ljallangan maxsus tozalash vositasi bilan qaynatib oling (standart tavsiya - 30 daqiqa qaynatiladi). Metall savatlarni eritmaga botirib, bir vaqtning o′zida tozalang - bu savatlarda hosil bo′lgan polimerlangan qatlamlarni zaiflashtiradi. Quvvatni o′chiring va qolgan qatlamlarni neylon gubka bilan olib tashlang. Polimerlangan qatlamlarning barcha izlarini olib tashlang. Tozalash uchun metall gubkalar yoki simli cho′tkalardan foydalanmang, chunki ular nafaqat mahsulotning tashqi ko′rinishiga zarar yetkazadi, balki metall qirindilarning frityurga tushishi xavfini tug′diradi.

3. Frityur, savat va kurakchalarni bir necha marta toza oqar suv bilan to′kib tashlang va yuving.

4. Frityurga 1 qismli sirka va 20 qismli issiq suv eritmasini  soling. U barcha qoldiqlarni zararsizlantiradi va yo′q qilib tashlaydi.

5. Frityuzni to′kib tashlang, chayqang va tuksiz sochiq bilan yaxshilab quriting. Bir marta ishlatiladigan qog′oz sochiqlar bu vazifani eng yaxshi uddalashadi, chunki ko′p martalik ishlatiladigan sochiqlarda yuvish vositalarining izlari bo′lishi mumkin. Agar quritish tezligi muhim bo′lmasa, siz frityurni bir kecha qoldirib quritish mumkin.  Yog′ parchalanishining asosiy sababi suv ekanligi esingizda tursin.

6. Chiqariladigan klapanlarni tekshiring. Ko′pgina chiqariladigan klapanlari misdan qilingan. Yog′ mis bilan aloqa qilmasligiga ishonch hosil qiling. Mis oksidlanish katalizatori va yog′ sizning qovurilgan taomlaringizga yoqimsiz ta′m berishi mumkin.

7. IDEAL PRO yog′i bilan frityurni kerakli bo′lgan darajagacha to′ldiring. IDEAL PRO yog′ini boshqa yog′lar bilan aralashtirmang. Yangi frityurlarni yuqorida keltrilgan jarayonga muvofiq tozalash kerak.

Menyuni yoping Asosiy
  hu RU   hu UZ   TJ TJ   KY KY